MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
ayrim
[ ay-rim ] sifat/ravish ; yordamchi soʻz
кирил алифбосида: айрим
O‘ziga mustaqil, alohida, yakka.
Ba’zi, ba’zi bir.
| 1. Ўзига мустақил, алоҳида, якка.
2. Баъзи, баъзи бир.
/1-ma’no/ Ayrim xona. Ayrim xo‘jalik.
/1-ma’no/ Ayrim so‘zlarni o‘zaro biriktirib, gap tuzmoq.
/1-ma’no/ Bu masalani ayrim hal qilamiz. (P. Tursun, O‘qituvchi)
/2-ma’no/ Rayon gazetasi ishning borishi va ayrim kolxoz, brigada, hatto ayrim odamlarning qanday ishlayotgani to‘g‘risida tez-tez yozib turar edi. (A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari)
АЙРИМ 'алоҳида'. Институт айрим бинога кўчди. Бу сифат эски ўзбек тилида айыр- феълидан -(ы)м қўшимчаси билан ясалган; қўшимча қўшилганидан кейин иккинчи бўғиндаги тор унли талаффуз қилинмай қўйган (КРС, 34); кейинчалик а унлиси ä унлисига алмашган, ы унлисининг қаттиқлик белгиси йўқолган: айыр- + ым = айырым > айрым > äйрим.
BA’ZI, AYRIM, BA’ZI BIR, BIR XIL
Muayyan narsa, kimsa, voqea-hodisalardan ayrimlarini, butundan bo‘lakni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ayrim va ba’zi bir so‘zlari ajratib ko‘rsatish belgisini ba’zi so‘zidan ko‘ra kuchli ifodalaydi. Bir xil so‘zi ko‘proq so‘zlashuv nutqida kuzatiladi.
Муайян нарса, кимса, воқеа-ҳодисалардан айримларини, бутундан бўлакни ажратиб кўрсатиш учун қўлланади. Айрим ва баъзи бир сўзлари ажратиб кўрсатиш белгисини баъзи сўзидан кўра кучли ифодалайди. Бир хил сўзи кўпроқ сўзлашув нутқида кузатилади.
Misollar:
Chindan ham, bu yoqlar kungay, qorlari yupqa, ba’zi joylarda erib ketgan, uzoq-yaqindagi bug‘ o‘rlayotgan yonbag‘irlarda boychechaklar ochilib qolgan edi. (Sh. Xolmirzayev, Qil ko‘prik)
Chavandozlar dastlabki shashtidan qaytdi, otlar shashtidan qaytdi. Ayrim chavandozlar to‘da chetiga chiqdi, peshonalarini artdi, tomoshago‘y bo‘ldi. (T. Murod, Ot kishnagan oqshom)
Har xil mish-mishlarga ishongan ba’zi bir ayollar kasal bolalariga dam soldirgani olib kelishar, ba’zan hatto domlani izzat-ikrom bilan uylariga olib ham ketishar edi. (S. Zunnunova, Tanlangan asarlar)
Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u kulish – kasal odamning kulishiday og‘ir, bir xil sovuq hazillarday malol keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi. (Cho‘lpon, Kecha va kunduz)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī. Mālīziyā: Jahānī Hamkārlīklar Idāra-sī, 1386h)
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/