MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
ag‘darmoq
[ ag‘-dar-moq ] feʼl
кирил алифбосида: ағдармоқ
Tikka holatdan yotqizmoq; yiqitmoq.
Tepadan pastga qulatmoq.
Idishni to‘nkarib, undagi narsani bo‘shatmoq; quymoq, to‘kmoq.
Ostini ustiga qilmoq, ichini sirtiga, bir tomonini ikkinchi tomoniga aylantirmoq.
ko‘chma Hokimiyat tepasidan yoki yuqori mansabdan tushirmoq; olib tashlamoq.
ko‘chma Yo‘q qilmoq, barham bermoq.
ko‘chma Ayb, jinoyat va shu kabilarni taqamoq.
| 1. Тикка ҳолатдан ётқизмоқ; йиқитмоқ.
2. Тепадан пастга қулатмоқ.
3. Идишни тўнкариб, ундаги нарсани бўшатмоқ; қуймоқ, тўкмоқ.
4. Остини устига қилмоқ, ичини сиртига, бир томонини иккинчи томонига айлантирмоқ.
5. кўчма Ҳокимият тепасидан ёки юқори мансабдан туширмоқ; олиб ташламоқ.
6. кўчма Йўқ қилмоқ, барҳам бермоқ.
7. кўчма Айб, жиноят ва шу кабиларни тақамоқ.
/1-ma’no/ Birlashgan tog‘ni ag‘daradi. (Maqol)
/1-ma’no/ Oqsoy qirg‘oqlardan oshib-toshadi. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan, mag‘rur daraxtlarni ag‘darib, arzimagan bir xasday oqizadi. (S. Anorboyev, Oqsoy)
/2-ma’no/ Otdan ag‘darmoq.
/2-ma’no/ Qaqvon shahrining shohini shohi Abbos der edi.. Abbosni fildan ag‘dardi. ("Nurali")
/3-ma’no/ Kosadagi sutni tog‘oraga ag‘darmoq. Ko‘mirni yerga ag‘darmoq.
/3-ma’no/ Qopdagi kartoshkani o‘raga ag‘darmoq.
/4-ma’no/ Yerni ag‘darmoq. Loyni ag‘darmoq.
/4-ma’no/ Xirmonda paxtani ag‘darmoq.
/4-ma’no/ Muyulishda yotgan oq qog‘oz Murodjonning diqqatini tortdi va olib ag‘darib ko‘rdi. (Gazetadan)
/5-ma’no/ U [Yo‘lchi] dedi: ..jamiki mehnatkashlar yaktan bo‘lib chiqsa, boylarni va qonxo‘r Nikolayni ag‘darib tashlashi aniq gap. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/6-ma’no/ [Qorabuloqliklar] Yelkalarida ezib kelgan qora qashshoqlikni ag‘darib tashlash umidida shod va xurram bo‘lib boradilar. (M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha)
/7-ma’no/ Salim ham butun aybni Yo‘lchiga ag‘darib, o‘zini quruqqa tortdi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/7-ma’no/ Domla unga bo‘hton ag‘darib chiqqanini fahmlab, haqiqatni aytmasa bo‘lmasligiga jazm etdi. (Mirmuhsin, Umid)
astar-avrasini ag‘darmoq
[ as-tar av-ra-si-ni ag‘-dar-moq ] ibora
кирил алифбосида: астар-аврасини ағдармоқ
استر-ابرهسینی اغدرماق
ayn. Avra-astarini ag‘darmoq. qarang: avra-astar.
| айн. Авра-астарини ағдармоқ. қаранг: авра-астар.
yil ag‘darmoq
[ yil ag‘-dar-moq ] ibora
кирил алифбосида: йил ағдармоқ
ییل اغدرماق
Muchal yil hisobidan foydalanib, tug‘ilgan yilini aniqlamoq.
| Мучал йил ҳисобидан фойдаланиб, туғилган йилини аниқламоқ.
ko‘ngilni ag‘darmoq
[ ko‘n-gil-ni ag‘-dar-moq ] ibora
кирил алифбосида: кўнгилни ағдармоқ
کۉنگیلنی اغدرماق
Ko‘ngilni ozdirmoq.
| Кўнгилни оздирмоқ.
o‘ziga ag‘darmoq
[ o‘-zi-ga ag‘-dar-moq ] ibora
кирил алифбосида: ўзига ағдармоқ
اۉزیگه اغدرماق
O‘z tomoniga o‘tkazmoq, o‘ziga tortmoq, jalb qilmoq;
O‘zlashtirmoq.
| 1. Ўз томонига ўтказмоқ, ўзига тортмоқ, жалб қилмоқ;
2. Ўзлаштирмоқ.
/2-ma’no/ Gapiring, Abdishukur, juhudning pulini qanday qilib o‘zimizga ag‘daramiz? (Oybek, Tanlangan asarlar)
АҒДАР- 'тик ҳолатдан кўндаланг ҳолатга ўтказ-'. Пахса деворни ағдариб, ўрнига ғишт девор тикламоқчимиз. Бу сўз қадимги туркий тилдаги 'бир томонга эгил-' маъносини англатган а:ғ- феълининг ағ- шаклига -дар орттирма қўшимчасини қўшиб ҳосил қилинган (ЭСТЯ, I, 74); кейинчалик а унлилари ä унлиларига алмашган: ағ- + дар = ағдар- > äғдäр-. Бу сўз таркибида ағ- феълининг қатнашгани (а унлисининг â унлисига алмашмагани) унинг қадимги туркий тилдаги шаклда сақланганини кўрсатади (чунки ўзбек тилида ағ- феъли âғ- шаклига ўтган).
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/