MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
aldamchi
[ al-dam-chi ] sifat | ot
кирил алифбосида: алдамчи
Kishini aldashga, avrashga, laqillatishga usta; aldoqchi.
Firibgar, qallob.
Va’dasida turmaydigan; subuti yo‘q; va’dasiz.
Yolg‘on-yashiq gaplarni ko‘p gapiruvchi; yolg‘onchi.
Chalg‘ituvchi, chalg‘itadigan, aldaydigan.
| 1. Кишини алдашга, аврашга, лақиллатишга уста; алдоқчи.
2. Фирибгар, қаллоб.
3. Ваъдасида турмайдиган; субути йўқ; ваъдасиз.
4. Ёлғон-яшиқ гапларни кўп гапирувчи; ёлғончи.
5. Чалғитувчи, чалғитадиган, алдайдиган.
/1-ma’no/ Bir aldamchi, o‘zing kashmir bo‘lmasang, Madinadan darrov qanday kelasan?! ("Yodgor")
/2-ma’no/ Bularning kayflari shunchalik chog‘ ediki, ko‘rgan kishi.. yaxshi, bor barakadan boshi osmonga yetgan aldamchi savdogarmi deb o‘ylar, muqarrar shunday deb o‘ylar edi. (M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha)
/3-ma’no/ — Aldamchi! — Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq! (A. Qodiriy, O‘tgan kunlar)
/5-ma’no/ Ko‘nglida bir lahza uchgan behuda, aldamchi xayollardan qutuldi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
АЛДАМЧИ 'алдашга уста', 'алдоқчи'. Энди билсам, сен алдамчи экансан. Бу сўз эски ўзбек тилида алда- феълидан -м қўшимчаси билан ясалган отга (КРС, 48) сифат ясовчи -чы қўшимчасини қўшиб ясалган (КРС, 48); кейинчалик а унлилари ä унлиларига алмашган, ы унлисининг қаттиқлик белгиси йўқолган: (алда- + м = алдам) + чы = алдамчы > äлдäмчи. Бу сўз асли сифат бўлиб, от маъносида ҳам ишлатилади. Ҳозирги ўзбек адабий тилида äлдäм сўзи мустақил қўлланмайди, äлдäм-қäлдäм сўзи таркибида қатнашади.
YOLG‘ONCHI, ALDAMCHI, ALDOQCHI, KAZZOB, UYDIRMACHI, AVROQCHI ( AVRAG‘ICH(I) )
Yolg‘on-yashiq gaplarni ko‘p aytuvchi. Yolg‘onchi so‘zi barcha nutq uslublarida erkin qo‘llanadi. Aldamchi so‘zi mazkur ma’noda nisbatan kam qo‘llanadi. Aldoqchi, avroqchi so‘zlari shevalarda ko‘p ishlatiladi, bu so‘zlarda mazkur ma’no kuchli ifodalanadi. Sinonimik qatordagi barcha so‘zlar salbiy bo‘yoqqa ega. Kazzob so‘zida salbiy bo‘yoq birmuncha kuchli ifodalanadi. Bu so‘z badiiy uslubga xoslangan.
Ёлғон-яшиқ гапларни кўп айтувчи. Ёлғончи сўзи барча нутқ услубларида эркин қўлланади. Алдамчи сўзи мазкур маънода нисбатан кам қўлланади. Алдоқчи, авроқчи сўзлари шеваларда кўп ишлатилади, бу сўзларда мазкур маъно кучли ифодаланади. Синонимик қатордаги барча сўзлар салбий бўёққа эга. Каззоб сўзида салбий бўёқ бирмунча кучли ифодаланади. Бу сўз бадиий услубга хосланган.
Misollar:
Ko‘nglim birmuncha tinchlandi. Jadidlarga endi ishonib qoldim. Ulardan yolg‘onchi chiqmaydi. Yaxshi odamlar! (Cho‘lpon, Kecha va kunduz)
E, podsho osmonda, otam yer ostidagi zindonda! Ikki orani poraxo‘r amaldorlar bilan aldamchi shayxlar to‘sib olmishlar. (P. Qodirov, Avlodlar dovoni)
Yosh ilon shu topda aldovga laqqa uchganiga qattiq afsuslandi. Hali u o‘sha aldoqchi Jarchiga ishonib yuribdimi?! O‘sha Jarchini jinidan battar yomon ko‘rib ketdi! (F. Iskandar, Quyonlar va bo‘g‘ma ilonlar)
Sen ham kazzob o‘g‘rilarni menim dargohima boshlab kelmishsan? (P. Qodirov, Avlodlar dovoni)
Redaksiyani “gullatib” yurgan chaqimchi shu qadar uydirmachi, yolg‘onchi ham ekanki, ..bahona topolmasa, o‘zining ustidan ig‘vo qilib bo‘lsa-da, shu kungi ig‘vogarlik normasini bajarib olar ekan. (T. Malik, Ozod inson haqida qo‘shiq)
Uning qora yo‘lini davom ettirgan boshqa eshonlar, so‘filar, har xil avroqchilar, tovlamachilarni fosh etaman. (Oybek, Oy va shabadalar)
Endi redaksiyaning avrag‘ich voizlari musulmonlar birligi to‘g‘risida ko‘kraklariga urib, daryo-daryo so‘z quyadilar.. (Oybek, Nur qidirib)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/