MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
ag‘namoq
[ ag‘-na-moq ] feʼl
кирил алифбосида: ағнамоқ
اغنماق
ayn. Ag‘anamoq.
| айн. Ағанамоқ.
Bektemir pulemyot yonida ag‘nab yotgan dushmanga tikilib, keyin miltig‘ini havoda silkib, o‘rtoqlariga ishora qildi. (Oybek, Quyosh qoraymas)
ag‘anamoq
[ a-g‘a-na-moq ] feʼl
кирил алифбосида: ағанамоқ
Yotgan holda u yoni, bu yoniga ag‘darilmoq, yumalamoq.
Qulamoq, ag‘darilmoq.
| 1. Ётган ҳолда у ёни, бу ёнига ағдарилмоқ, юмаламоқ.
2. Қуламоқ, ағдарилмоқ.
/1-ma’no/ Ot ag‘anagan joyda yungi qoladi. (Maqol)
/1-ma’no/ Har kun shomdan tortib azongacha yotgan joyida u yoq-bu yoqqa ag‘anab, o‘y o‘ylaydi. (Cho‘lpon, Kecha va kunduz)
/1-ma’no/ Qo‘chqor ustma-ust ikki do‘ppi suv ichib, o‘zini ajriqqa otdi, xuddi yosh boladay ag‘anab o‘ynarkan, xushnud qichqirdi.. (O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa)
/2-ma’no/ Arava ag‘anadi. Mashina ag‘anadi.
/2-ma’no/ Nodira turgan joyidan divanga ag‘anab tushdi.
АҒНА- қаранг: ағана-.
АҒАНА- 'ёнбошга юмала-'. Тупроққа ағанаб ўйнаётган болалар бирдан сув томонга югуриб кетишди. Бу сўз қадимги туркий тилда 'бир томонга эгил-' маъносини англатган а:ғ- феълидан -(ы)н қўшимчаси билан ясалган отга -а қўшимчасини қўшиб ясалган (ЭСТЯ, I, 75; ДС, 18), кейинроқ а: унлисининг чўзиқлик белгиси йўқолган, иккинчи бўғиндаги тор унли талаффуз қилинмай, ағна- шакли юзага келган (Девон, I, 284; ДС, 22); ўзбек тилида иккинчи бўғиндаги ы унлиси а унлисига алмашиб сақланган, кейинчалик а унлилари ä унлиларига алмашган: (а:ғ— + ын = а:ғын > ағын) + а = ағына- > ағана- > äғäнä-.
YIQILMOQ, QULAMOQ, AG‘ANAMOQ, AG‘DARILMOQ
Tik holatni yo‘qotib, boshqa holatda yerga tushmoq. Yiqilmoq so‘zi insonga nisbatan ham, jonivorlarga nisbatan ham qo‘llana oladi. Ag‘namoq, ag‘darilmoq so‘zlari yiqilish harakatini kuchli ta’kid bilan ifodalaydi.
Тик ҳолатни йўқотиб, бошқа ҳолатда ерга тушмоқ. Йиқилмоқ сўзи инсонга нисбатан ҳам, жониворларга нисбатан ҳам қўллана олади. Ағнамоқ, ағдарилмоқ сўзлари йиқилиш ҳаракатини кучли таъкид билан ифодалайди.
Misollar:
Akbarali omonat o‘tirgan joyidan gandiraklab, yiqilib tushishiga sal qoldi. (A. Muxtor, Chinor)
…uzilib tushgan qoyalar ostida qulab yotgan keksa yong‘oqlarning yod hidi anqib, atrofga, dim havoga asta taralar edi. (A. Muxtor, Chinor)
Sojida burnini ko‘tarib gapirsa, xuddi orqaga ag‘anab ketayotgandek ko‘rinar edi. (A. A’zam, Hali hayot bor)
...xarsangtosh ustidan kalla tashlamoqchi bo‘lib, endi oyoq qo‘yuvdim, nima bo‘ldi-yu, shalop etib suvga ag‘darilib tushdim. (O‘. Umarbekov, Sevgim-sevgilim)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/