adashmoq
[ a-dash-moq ] feʼl
кирил алифбосида: адашмоқ
Yoʻlini yoʻqotib qoʻymoq.
Notoʻgʻri (xato) ish tutmoq, notoʻgʻri yoʻlga kirmoq.
Ajrab yoʻqotmoq.
Almash boʻlmoq.
| 1. Йўлини йўқотиб қўймоқ.
2. Нотўғри (хато) иш тутмоқ, нотўғри йўлга кирмоқ.
3. Ажраб йўқотмоқ.
4. Алмаш бўлмоқ.
/1-ma’no/ U yorqin kunduzda yoʻlga chiqib, qorongʻi kechada adashgan kishiday, nima qilarini bilmay qoldi. (M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha)
/1-ma’no/ Adashgan kimsadek, Furqat, qayon borgum bilolmasman. (Furqat)
/2-ma’no/ Ha, oʻz manfaatini xalq manfaatidan yuqori qoʻyganlar doim adashadi. (Uygʻun)
/2-ma’no/ Adashsang, toʻgʻri yoʻl soʻrgil, uyalma. (Voqif)
/3-ma’no/ Vatanidan adashmoq. Oʻz toʻpidan adashmoq.
/3-ma’no/ Otardan adashgan bir talay qoʻy-qoʻzi oʻtlay-oʻtlay, bir tomoni zov, supraday maydonga tushib qolibdi. S. Anorboyev, (Oqsoy)
/3-ma’no/ ..Adashgan oshiqlar bir-birin izlar. (Murodxon)
/4-ma’no/ Qalpogʻim adashibdi.
АДАШ- 'тўғри йўлни йўқот-', 'янглиш-'. Қоронғи тушганидан кейин адашиб қолдим. Бу сўз асли қадимги туркий тилдаги 'тўғри йўлни йўқот-' маъносини англатувчи а:з- феълининг а:д- шаклидан 'бироз' маъносини ифодаловчи ~(а)ш қўшимчаси билан ҳосил қилинган (ЭСТЯ, I, 95), кейинроқ а: унлисининг чўзиқлик белгиси йўқолган (КРС, 22); бу сўз дастлаб 'тўгри йўлдан бироз четга чиқ-' маъносини англатган. Ўзбек тилида а унлилари ä унлиларига алмашган: (а:з -> а:д-) + аш = а:даш -> адаш -> äдäш-.
YANGLISHMOQ, XATO QILMOQ, ADASHMOQ
Haqiqiy holatga muvofiq kelmaydigan ish tutmoq, xatoga yo‘l qo‘ymoq. Xato qilmoq so‘zida belgi darajasi ochiq ifodalangan. Adashmoq so‘zi mazkur ma’noda ko‘proq so‘zlashuv nutqida qo‘llanadi.
Ҳақиқий ҳолатга мувофиқ келмайдиган иш тутмоқ, хатога йўл қўймоқ. Хато қилмоқ сўзида белги даражаси очиқ ифодаланган. Адашмоқ сўзи мазкур маънода кўпроқ сўзлашув нутқида қўлланади.
Misollar:
Balki men yanglishayotgandirman, boshqa bir gazet jinnisini Akmal o‘risga o‘xshatib yuborgandirman. (M. Mansur, Judolik diyori)
Avaz o‘zi bilan birga o‘qigan ba’zi sinfdoshlarining oliy ma’lumot olib kelganini ko‘rganda, o‘zi bugungiga o‘xshab kunjara tashib yurganini o‘ylaganda, maktabdan ketib xato qilgani hali-hali yuragiga armon soladi. (P. Qodirov, Qora ko‘zlar)
Cho‘tir, bunchalik beshafqat bo‘lmagin.. Bir martagina adashdim. Bolaligimiz hurmati, buncha qiynama, oshna. (T. Malik, Xazonrezgi)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/