MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
akillamoq
[ a-kil-la-moq ] feʼl
кирил алифбосида: акилламоқ
Hadeb vovullamoq, vakillamoq.
ko‘chma dag‘l. Bo‘lar-bo‘lmas gaplar gapirmoq; vaysamoq, valdiramoq.
ko‘chma dag‘l. Hadeb yig‘layvermoq, arillayvermoq (go‘dak haqida).
| 1. Ҳадеб вовулламоқ, вакилламоқ.
2. кўчма дағл. Бўлар-бўлмас гаплар гапирмоқ; вайсамоқ, валдирамоқ.
3. кўчма дағл. Ҳадеб йиғлайвермоқ, ариллайвермоқ (гўдак ҳақида).
/1-ma’no/ Kuchuk bo‘lgandan keyin akillaydi-da — vazifasi. (E. A’zam, Jannat o‘zi qaydadir)
/1-ma’no/ It akillamaydi, qushlar sayramaydi. Ular o‘zlarini soyaga olib mudrashadi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/1-ma’no/ Qishloqda itlar akillar, ularning hurishlari daryoning u betidagi zovlargacha yetib borar va ularda aks-sado olib qaytar edi. (N. Eshonqul, Yalpiz hid)
/2-ma’no/ — E, e, akillay berasan-da, Safar! — dedi buqoq, — biz nima deyapbiz-ku, sen nima deyapsan! (A. Qodiriy, Mehrobdan chayon)
АКИЛЛА- 'тинимсиз 'ак-ак' товуши чиқар-'. Итимиз бўлар-бўлмасга акиллайверади. Бу феъл итнинг ҳуришини билдирувчи äк (äк-äк) тақлид сўзидан —иллä қўшимчаси билан ясалган.
HURMOQ, VOVULLAMOQ, AKILLAMOQ, VAKILLAMOQ
“Vov-vov” degan tovush chiqarmoq. Vovullamoq, akillamoq so‘zlarida itning tovushi ta’kidi ochiq ifodalangan. Akillamoq so‘zi kishiga nisbatan qo‘llanib, o‘ta salbiy munosabatni ham bildiradi. Vakillamoq, asosan, yosh kuchukchaning shunday harakatiga nisbatan qo‘llanadi.
“Вов-вов” деган товуш чиқармоқ. Вовулламоқ, акилламоқ сўзларида итнинг товуши таъкиди очиқ ифодаланган. Акилламоқ сўзи кишига нисбатан қўлланиб, ўта салбий муносабатни ҳам билдиради. Вакилламоқ, асосан, ёш кучукчанинг шундай ҳаракатига нисбатан қўлланади.
Misollar:
Xotinlar o‘g‘rini qarg‘aydi, it huradi, tovuqlar qaqag‘laydi. (A. Qahhor, O‘g‘ri)
Allaqayerda it bir-ikki vovulladi-da, jim bo‘ldi. Qishloqda yana tungi osuda hayot boshlandi. (O‘. Umarbekov, Odam bo‘lish qiyin)
Kuchuk bo‘lgandan keyin akillaydi-da – vazifasi. Qaytaga yaxshi – zamon qaltis, har xil yot nusxa bu yoqlarga doriyolmaydi. (E. A’zam, Jannat o‘zi qaydadir)
Uzoq va yaqindan boshqa itlar vakillashib, unga ovoz bera boshladilar. (Gazetadan)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī. Mālīziyā: Jahānī Hamkārlīklar Idāra-sī, 1386h)
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/