ayirmoq
[ a-yir-moq ] feʼl
кирил алифбосида: айирмоқ
Butunni bo‘lmoq, tarkibiy qismlarga bo‘lmoq, bo‘laklamoq.
Turiga, naviga qarab bo‘lmoq, ajratmoq.
Xillab alohidalamoq.
Uzoqlashtirmoq, ajratmoq.
Mahrum qilmoq, judo qilmoq.
Ajrata bilmoq, farqiga bormoq.
Oraga tushib ajratmoq.
Ayirmachilik qilmoq, turli ko‘z bilan qaramoq.
mat. Ayirish amalini bajarmoq, bir sondan ikkinchi sonni olmoq, ajratmoq.
| 1. Бутунни бўлмоқ, таркибий қисмларга бўлмоқ, бўлакламоқ.
2. Турига, навига қараб бўлмоқ, ажратмоқ.
3. Хиллаб алоҳидаламоқ.
4. Узоқлаштирмоқ, ажратмоқ.
5. Маҳрум қилмоқ, жудо қилмоқ.
6. Ажрата билмоқ, фарқига бормоқ.
7. Орага тушиб ажратмоқ.
8. Айирмачилик қилмоқ, турли кўз билан қарамоқ.
9. мат. Айириш амалини бажармоқ, бир сондан иккинчи сонни олмоқ, ажратмоқ.
/1-ma’no/ Tuxum sarig‘ini oqidan ayirmoq.
/2-ma’no/ To‘y bekasi, Mirzakarimboyning xotini, ayollarni uch guruhga ayirgan edi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/3-ma’no/ Bobo Qambar dutorga loyigʻini ayirib olib, yoʻnib charxlayapti.. ("Yusuf va Ahmad")
/4-ma’no/ Bolani koʻkrakdan ayirmoq.
/4-ma’no/ — Mayli, oyi, siz mani besh-oʻn kun bagʻringizdan ayirmang. Orzum shu — dedi Gulnor. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/4-ma’no/ Figʻonkim, gardishi davron ayirdi oʻz diyorimdan. (Furqat)
/5-ma’no/ Uni yor oldiga kirish minutining yaqinligi, yor nafasining yaqinligi es-hushidan ayirayozgan edi. (M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha)
/5-ma’no/ Bir gal tark et, falak, uduming — oshiqdan ayirma maʼshuqni. (A. Sher, Qadimgi kuy)
/6-ma’no/ — Man, man! Dardingda kuygan dadangman! — Gulnor oʻz dadasining tovushini bazoʻr ayira bildi. (Oybek, Tanlangan asarlar.)
/6-ma’no/ Yasama karomatchining isitma bilan oshqozon kasalini ayira olmasligini qayoqdan bilsin. ("Mushtum")
/7-ma’no/ Soʻz taʼsir qilmagach, oʻzi [domla] olomon orasiga kirib, odamlarni ayira boshladi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
/8-ma’no/ Biz millat ayirmaymiz. (P. Tursun, Oʻqituvchi)
/9-ma’no/ Oʻttizdan oʻn beshni ayirmoq.
АЙИР- 'алоҳида қил-'. Совлиқларни айир. Бу сўз қадимги туркий тилдаги 'алоҳида бўл-' маъносини англатган аӟ- феълидан -(ы)р орттирма қўшимчаси билан ҳосил қилинган (ЭСТЯ, I, 115; ДС, 15); кейинчалик ӟ ундоши й ундошига алмашган (КРС, 36); ўзбек тилида а унлиси ä унлисига алмашган, ы унлисининг қаттиқлик белгиси йўқолган: аӟ- + ыр = азыр- > айыр- > äйир-.
AJRATMOQ I, AYIRMOQ
Birgalik holatidan chiqarmoq, butun holatidan alohida qilmoq. Ayirmoq so‘zida ko‘proq so‘zlashuv tiliga xoslik seziladi.
Биргалик ҳолатидан чиқармоқ, бутун ҳолатидан алоҳида қилмоқ. Айирмоқ сўзида кўпроқ сўзлашув тилига хослик сезилади.
Misollar:
U hozir Yo‘lchini chaqirib, kun kech bo‘lmasdan, ikkovlashib qo‘yni so‘yib, go‘shtini go‘shtga, moyini moyga ajratmoqchi ekanini bildirdi. (Oybek, Tanlangan asarlar)
Muzaffarshoh ehtiyotkorlik qilib orqaroqda turgan edi, darhol o‘zining odamlarini ayirib olib, Patan tomonga qochdi. (P. Qodirov, Avlodlar dovoni)
AJRATMOQ II, AYIRMOQ, FARQLAMOQ, FARQ QILMOQ
Bir tur deb qaralgan narsalar yoki voqea-hodisalarning farqiga bormoq, o‘rtadagi farq-ayirmani bilmoq, idrok qilmoq. Ayirmoq so‘zida so‘zlashuv tiliga xoslik, farqlamoq, farq qilmoq so‘zlarida esa yozma nutqqa xoslik ko‘proq.
Бир тур деб қаралган нарсалар ёки воқеа-ҳодисаларнинг фарқига бормоқ, ўртадаги фарқ-айирмани билмоқ, идрок қилмоқ. Айирмоқ сўзида сўзлашув тилига хослик, фарқламоқ, фарқ қилмоқ сўзларида эса ёзма нутққа хослик кўпроқ.
Misollar:
Ko‘p odamlar ot bilan xachirni ajrata olmaydilar. (Cho‘lpon, Kecha va kunduz)
Uydagi narsalarni bir-biridan g‘ira-shira ayirishga imkon beruvchi “jinchiroq” ham ko‘rinmaydi, uy ichi qalin tutun. (Oybek, Tanlangan asarlar)
Tillani jezdan farqlamoq esa siz-u bizdan, odil vatandosh! (E. A’zam, Jannat o‘zi qaydadir)
Holbuki, yaxshini yomondan farq qilmoq uchun ularni o‘rganib chiqmoq kerak. (P. Qodirov, Avlodlar dovoni)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/