MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
aksirmoq
[ ak-sir-moq ] feʼl
кирил алифбосида: аксирмоқ
Aksa urmoq, chuchkirmoq.
| Акса урмоқ, чучкирмоқ.
Mavlono Shahobiddin aksirib, rutubatdan shikoyatlandi. (Oybek, Navoiy)
АКСИР- 'димоғ қичиши билан оғиздан кескин товушли ҳаво чиқар-'. Эрталабдан аксириб, кўзларим ёшланиб турибман. Бу сўз асли қадимги туркий тилдаги товушга тақлид ақ сўзидан (ЭСТЯ, I, 194) -сы қўшимчаси билан ясалган феълга 'ўзлик' маъносини ифодаловчи -р қўшимчасини қўшиб ҳосил қилинган: кейинчалик бу сўз таркибидаги қ ундоши к ундошига, сўз бошланишидаги а унлиси ä унлисига алмашган, ы унлисининг қаттиқлик белгиси йўқолган: (ақ + сы = ақсы-) + р = ақсыр- > äксир-. Қадимги туркий тилда бу феъл асур- шаклида мавжуд бўлган (Девон, I, 187; ДС, 61). Бу феъл дастлаб аксыр- шаклига эга бўлиб, асур- шакли кейинроқ, к(қ) товушининг талаффуз қилинмаслиги, ы унлисининг у унлисига алмашуви натижасида юзага келган (ЭСТЯ, I, 195).
AKSIRMOQ, AKSA URMOQ, CHUCHKURMOQ
Kishining dimog‘i qichishi natijasida g‘ayriixtiyoriy ravishda burundan (dimog‘dan) havoni kuch bilan chiqarish harakati. Chuchkurmoq so‘zi shevaga xos.
Кишининг димоғи қичиши натижасида ғайриихтиёрий равишда бурундан (димоғдан) ҳавони куч билан чиқариш ҳаракати. Чучкурмоқ сўзи шевага хос.
Misollar:
O‘rtoqlarinikidadir deb ichkariga kirdim. Yotibdi. Nuqul aksiradi. (O‘. Umarbekov, Sevgim, sevgilim)
U har aksa urganda zalvorli burni silkinib og‘zini surib, qoq miyasiga chiqarib yuborar ekan. (S. Ahmad, Kiprikda qolgan tong)
Bir shofyor betini burchakka burib kulumsidi. Bir shofyor chappa burilib.. chuchkurdi. (T. Murod, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī. Mālīziyā: Jahānī Hamkārlīklar Idāra-sī, 1386h)
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/