MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
aljimoq
[ al-ji-moq ] feʼl
кирил алифбосида: алжимоқ
Bo‘lmag‘ur, bema’ni gap qilmoq, maza-bemaza, tuturiqsiz gaplar gapirmoq; valdiramoq, aynimoq.
Gap-so‘zdan yanglishmoq, boshi gangib, miyasi aynib, og‘ziga kelganini gapirmoq.
| 1. Бўлмағур, бемаъни гап қилмоқ, маза-бемаза, тутуриқсиз гаплар гапирмоқ; валдирамоқ, айнимоқ.
2. Гап-сўздан янглишмоқ, боши гангиб, мияси айниб, оғзига келганини гапирмоқ.
/1-ma’no/ Mening ochiq ko‘ngillilik qilib aljiyotganim uchun kechir. (Shuhrat, Shinelli yillar)
/1-ma’no/ — Bas, aljima, pardali gapir! — dedi xon. (Mirmuhsin, Cho‘ri)
/2-ma’no/ — Ah, nima? Bilishibdimi? — dedi u [Olaxo‘ja] va o‘z peshonasiga o‘zi qattiq bir mushtladi-da, yana so‘radi: — Nima balo, mastlik qilib aljib qo‘ydingmi? A! (P. Tursun, O‘qituvchi)
АЛЖИ- 'мияси гангиб, бўлар-бўлмас гапларни гапир-'. Нима бало, мастлик қилиб алжиб қўйдингми (Парда Турсун). Бу феъл қадимги туркий тилда мавжуд бўлиб 'ақлини йўқотган', 'ахмоқ' маъносини англатган ал сифатидан -жы қўшимчаси билас ясалган (ЭСТЯ, I, 145); ўзбек тилида а унлиси ä унлисига алмашган, ы унлисининг қаттиқлик белгиси йўқолган: ал + жы = алжы- > алжи-.
ALJIMOQ, ALJIRAMOQ, VALDIRAMOQ, VALAQLAMOQ, VAQILLAMOQ, LAQILLAMOQ, VAYSAMOQ, SANNAMOQ
Bema’ni, bo‘lmag‘ur gap aytmoq, o‘rinli-o‘rinsiz, mantiqli-mantiqsiz, keragidan ortiq gapirmoq. Aljimoqda qo‘pol, haqoratli so‘zlar ham ishlatiladi. Aljiramoq bu ma’noni aljimoqqa nisbatan kuchliroq ifodalaydi. Valdiramoq, sannamoqda bunday so‘zlarning bo‘lishi shart emas. Vaqillamoq, valaqlamoq, laqillamoq so‘zlarida boshqalariga nisbatan belgining darajasi kuchli. Sannamoq va vaysamoq so‘zlarida gapirish harakatining keraksiz davomiyligi, ayni paytda, gapdagi fikrning mantiqan raso emasligi va ovozning balandligi qabariq ifodalanadi. Valdiramoq, vaysamoq, sannamoq so‘zlari ko‘proq oddiy nutqqa xos.
Бемаъни, бўлмағур гап айтмоқ, ўринли-ўринсиз, мантиқли-мантиқсиз, керагидан ортиқ гапирмоқ. Алжимоқда қўпол, ҳақоратли сўзлар ҳам ишлатилади. Алжирамоқ бу маънони алжимоққа нисбатан кучлироқ ифодалайди. Валдирамоқ, саннамоқда бундай сўзларнинг бўлиши шарт эмас. Вақилламоқ, валақламоқ, лақилламоқ сўзларида бошқаларига нисбатан белгининг даражаси кучли. Саннамоқ ва вайсамоқ сўзларида гапириш ҳаракатининг кераксиз давомийлиги, айни пайтда, гапдаги фикрнинг мантиқан расо эмаслиги ва овознинг баландлиги қабариқ ифодаланади. Валдирамоқ, вайсамоқ, саннамоқ сўзлари кўпроқ оддий нутққа хос.
Misollar:
Oqsoqol odamlar o‘zi to‘g‘risida nimalar deyayotganini bilardi. Bilardi-yu, til suyaksiz, ko‘rolmaganidan aljiydi, deb qo‘ya qolardi. (S. Ahmad, Ufq)
–Anzor! – xo‘rligi kelib qichqirib yubordi Munira. – Bas, nima deb ajirayapsan, ahmoq! (L. Mahmudov, Qopga yashiringan odam)
“Jinnixona malikasi” deb nom olgan bu do‘mboqqina ayol bir nimalar deb valdirasa javob qaytarish shartmi, balki, meni sinamoqchidir.. (T. Malik, Shaytanat)
Sarhovuzda bolalar bilan valaqlashib o‘tirib, o‘z-o‘zidan sinfxonamizni ko‘rgim keldi. (E. A’zam, Shovqin)
Vaqillab o‘tirishga berilib, handalakdan paqqos quruq qolganini kechroq payqagan tovuqboqar menga bir tig‘lanib olib, ro‘molchada noiloj og‘iz artarkan, nihoyat, maqsadga o‘tdi. (A. Obidjon, Mo‘ttivoymisan, Mittivoymisan?)
Bu yigit choyxonada nima deb laqilladi? (X. To’xtaboyev, Sariq devni minib)
Xizmat qilgan joyi – Barnaul haqida vaysayverib, kechasi bilan uyqu bermagan. (E. A’zam, Anoyining jaydari olmasi)
Voy, bo‘yingga girgitton bo‘laylar! Voy, senlardan xolang aylansin! – deya tag‘in iljayib sannay ketdi kampir. (A. Obidjon, Meshpolvonning janglari)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/