MUALLIFLIK HUQUQI, HAMDA MA’LUMOT VA MATERIALLARDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA
aylanmoq
[ ay-lan-moq ] feʼl
кирил алифбосида: айланмоқ
O‘z o‘qi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana bo‘ylab davra olib yurmoq.
Sayr-tomosha yoki boshqa maqsadda kezmoq.
Biror yerda yoki doirada o‘ralashib yurmoq; aylanishmoq.
iqt. Muomalada bo‘lmoq, yurmoq.
Boshqa narsaga, boshqa holatga o‘tmoq.
(ayrim so‘zlar bilan) Tusini kasb etmoq, shunday bo‘lmoq.
| 1. Ўз ўқи ёки бирор нарса теварагида ҳаракат қилмоқ, айлана бўйлаб давра олиб юрмоқ.
2. Сайр-томоша ёки бошқа мақсадда кезмоқ.
3. Бирор ерда ёки доирада ўралашиб юрмоқ; айланишмоқ.
4. иқт. Муомалада бўлмоқ, юрмоқ.
5. Бошқа нарсага, бошқа ҳолатга ўтмоқ.
6. (айрим сўзлар билан) Тусини касб этмоқ, шундай бўлмоқ.
/1-ma’no/ Yer o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
/1-ma’no/ Juvon davrani uch aylangandan keyin o‘zi singari kiyingan bir yigitni tortdi. (A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari)
/2-ma’no/ G‘ulomjon.. shahar aylangani ketdi. (M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha)
/2-ma’no/ Tirikchilik o‘tkazish uchun Yusufjon qiziq Turkistonni, Qozog‘istonni aylanib chiqdi. (T. Obidov, Yusufjon qiziq)
/2-ma’no/ Ertalab qurilishga kelganda, eng avval hamma uchastkalarni aylanib chiqdi. (A. Muxtor, Opa-singillar)
/3-ma’no/ [Abdishukur] Tatar savdogarlari orasida aylanarkan, uni-buni tanidi. (Oybek. Tanlangan asarlar)
/4-ma’no/ Kapitalning aylanishi.
/5-ma’no/ Suv muzga aylandi. Yomg‘ir asta-sekin qorga aylandi.
/5-ma’no/ Olqishlarga aylangan davomli qarsaklar.
/5-ma’no/ Mirzayev shu kuni juda zerikdi. Bu zerikish kechqurunga borib diqqatlikka aylandi. (A. Qahhor, Ko‘k konvert)
/6-ma’no/ Har yili buvimni eslash, xuddi shu kuni amma-amakilar yig‘ilishi odatga aylangan. (Gazetadan)
/6-ma’no/ Kelajakda esa bu makon islom ahli uchun muqaddas qadamjo va g‘oyat go‘zal ziyoratgohlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi. (Gazetadan)
boshi aylanmoq
[ bo-shi ay-lan-moq ] frazeologik birikma
кирил алифбосида: боши айланмоқ
باشی اَیلنماق
muvozanatini yoʻqotib, hammayoq aylanayotganday, chayqalayotganday tuyulmoq.
ko‘chma nima qilarini bilmay, esankirab, gangib qolmoq.
| 1. мувозанатини йўқотиб, ҳаммаёқ айланаётгандай, чайқалаётгандай туюлмоқ.
2. кўчма нима қиларини билмай, эсанкираб, гангиб қолмоқ.
/1-ma’no/ Botirali ayvon ustuniga suyanib o‘tirdi-yu, ko‘zi tinib, boshi aylanib ketdi. (H. G‘ulom, Mash’al)
/2-ma’no/ Dastgohlarni ko‘rib, avval boshimiz aylanib qoldi. (A. Muxtor, Opa-singillar)
aylanib o‘tmoq
[ ay-la-nib o‘t-moq ] qo‘shma fe’l / frazeologik birikma
кирил алифбосида: айланиб ўтмоқ
ایلنیب اۉتماق
biror narsaning atrofi bilan oʻtmoq.
hisobga olmaslik, chetlab o‘tmoq.
| 1. бирор нарсанинг атрофи билан ўтмоқ.
2. ҳисобга олмаслик, четлаб ўтмоқ.
/1-ma’no/ Binoni aylanib o‘tmoq.
/2-ma’no/ Ular qonunni ma’lum darajada bilishadi, ammo o‘zlariga bog‘liq masalalarda uni aylanib o‘tishga harakat qilishadi. (Gazetadan)
gap aylanib
[ gap ay-la-nib ] frazeologik birikma
кирил алифбосида: гап айланиб
گپ ایلنیب
Gap gapga ulanib, gapdan gap chiqib.
| Гап гапга уланиб, гапдан гап чиқиб.
Gap aylanib, brigadalar ishiga ko‘chdi. (N. Safarov, Xadicha Ahrorova)
gap aylanmoq
[ gap ay-lan-moq ] frazeologik birikma
кирил алифбосида: гап айланмоқ
گپ اَیلنماق
Gap qo‘zg‘almoq, gap yurmoq.
| Гап қўзғалмоқ, гап юрмоқ.
Yana shu haqda gap aylanib qoldi.
tili aylanmay qoldi
[ ti-li ay-lan-may qol-di ] frazeologik birikma
кирил алифбосида: тили айланмай қолди
تیلی ایلنمهی قالدی
Tili lol bo‘lib qoldi, tili gapga kelmay qoldi.
| Тили лол бўлиб қолди, тили гапга келмай қолди.
havo aylanib turibdi
[ ha-vo ay-la-nib tu-rib-di ] frazeologik birikma
кирил алифбосида: ҳаво айланиб турибди
هوا ایلنیب توریبدی
Havo [biron-nima, masalan yomg‘ir/qor/do‘l] yog‘adiganday bulutlanib turibdi.
| Ҳаво [бирон-нима, масалан ёмғир/қор/дўл] ёғадигандай булутланиб турибди.
АЙЛАН- 'доира шаклида кўп марта, давомли ҳаракат қил-'. Ой ер атрофида айланади. Бу феъл асли қадимги туркий тилда мавжуд бўлиб, 'доира шаклида ҳаракат қил-' маъносини англатган ай- феълига эски ўзбек тилида 'такрор' маъносини ифодаловчи -ла қўшимчасини ва 'ўзлик' маъносини ифодаловчи -н қўшимчасини қўшиб ҳосил қилинган (КРС, 31); кейинчалик а унлилари ä унлиларига алмашган: (ай- + -ла = айла-) + н = айлан- > äйлäн-.
AYLANMOQ, SAYR QILMOQ (ETMOQ), KEZMOQ, KEZINMOQ
Tomosha, hordiq yoki boshqa shu kabi maqsadlar bilan muayyan joylarda yurmoq. Sayr qilmoqda istirohat ma’no ta’kidi ochiq ifodalanadi, ko‘proq badiiy nutqqa xos. Kezinmoq so‘zida “bemaqsad kezib yurmoq” ifodasi bor, kitobiy uslubga xoslangan.
Томоша, ҳордиқ ёки бошқа шу каби мақсадлар билан муайян жойларда юрмоқ. Сайр қилмоқда истироҳат маъно таъкиди очиқ ифодаланади, кўпроқ бадиий нутққа хос. Кезинмоқ сўзида “бемақсад кезиб юрмоқ” ифодаси бор, китобий услубга хосланган.
Misollar:
Men oyimlarnikiga ketyapman. Uch-to‘rt kun aylanib, ko‘nglimni yozib kelay. (Cho‘lpon, Kecha va kunduz)
Bugun oqshom savalab o‘tgan yomg‘irning salqinida amir sarobo‘stonda sayr qilib yurardi. (T. Malik, Savohil)
Hikmatillo horg‘in odimlab, ..bu parkda Nilufar bilan birga yurgan xiyobonlari, o‘tirgan skameykalari, qo‘l ushlashib kezgan anhor bo‘ylarini ko‘rsa battar ezilishini o‘yladi-yu, ikkilanib to‘xtadi. (O. Yoqubov, Billur qandillar)
Bog‘ning hali yaproq yozib ulgurmagan yalang‘och daraxtlari oralab kezingan Umar, ko‘klam yomg‘irini har nechuk xushlamasin, o‘zini panaga olmoqqa majbur bo‘ldi. (N. Jaloliddin, Umar Xayyom)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
آلتای، نورالله، اۉزبېک تیلی سۉزلیگی، جهانی همکارلیکلر اداره سی، مالیزیا، ١٣٨٦ هـ.
Oltoy, Nurulloh. Oʻzbek tili soʻzligi. Malayziya: Jahoniy Hamkorliklar Idorasi, 1386 h. [2007/2008 m.] (Āltāy, Nūrullāh. Ūzbēk tīlī sūzlīgī.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/
O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi kutubxonasi:
https://uztrj.uz/kitob-va-lugatlar/