adash II
[ a-dash ] sifat; ravish
кирил алифбосида: адаш II
Adashgan, bir poyi alish (almash).
Yanglish, noo‘rin.
| 1. Адашган, бир пойи алиш (алмаш).
2. Янглиш, ноўрин.
/1-ma’no/ Kalishim adash bo‘lib qoldi.
/2-ma’no/ Bu yerga adash kelib qolibman.
/2-ma’no/ Xat bu yerga adash tushib qolibdi. (Gazetadan)
АДАШ II: АДАШ БЎЛ- 'оёқ кийимининг бир пойи бошқа бир оёқ кийимининг бир пойи билан алмашиб қол-'. Кечаги йиғинда бир пой калишим адаш бўлиб қолибди. Бу сўз äдäш- феълининг эски ўзбек тилидаги исм эши бўлиб, мустақил ишлатилмайди, äдäш бол- қўшма сўзи таркибида келади.
YANGLISH, XATO, NOTO‘GʻRI, ADASH, G‘ALAT
Haqiqiy holatga to‘g‘ri kelmaydigan. Yanglish so‘zida haqiqatdan chetga chiqish ta’kidi ochiq aks etadi. Noto‘g‘ri so‘zi ham mazkur ma’noda xato so‘zi bilan erkin almashinib qo‘llanadi. Adash so‘zi bu ma’nosida nutqda kam ishlatiladi. G‘alat so‘zi eskirgan.
Ҳақиқий ҳолатга тўғри келмайдиган. Янглиш сўзида ҳақиқатдан четга чиқиш таъкиди очиқ акс этади. Нотўғри сўзи ҳам мазкур маънода хато сўзи билан эркин алмашиниб қўлланади. Адаш сўзи бу маъносида нутқда кам ишлатилади. Ғалат сўзи эскирган.
Misollar:
– Biz biroz yanglish ish qilmoqdamiz amirim, – dedi zo‘rg‘a tili aylanib. – So‘ylang! Ne yanglish ish, qo‘limizdan kelsa tuzataylik, – choy ichayotgan piyolasini qo‘lda tutgancha xonimining yuziga qarab qolgan edi bek. (N. Qobul, Bo‘lar elning bolasi)
Xato ish qilganini endi his qilgandek u menga gunohkorona tikildi. (X. Nurullayev, Xatolik)
Afsuslarkim, oramizda “bola otadan qo‘rqib, zirillab turishi kerak”, degan noto‘g‘ri qoidaga rioya qiluvchilar ham topiladi. (T. Malik, Odamiylik mulki)
“Mim”i Ahmadni ketirsang ne qolur, fikr aylagil, Haq ani adash deyur, eshit muazzindin sado. (M. Shayboniyxon, Bahrul hido)
“Dushman? Qanaqa dushman?” Ruh po‘rtanasidagi sarsari Samandarga bu savol g‘alat tuyulib, Bazarovga savol nazari bilan qaradi. (T.Malik, Murdalar gapirmaydilar)
Oʻzbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi, 5-jildli, (2006–2008), _ 2021 _ Tahrir hay’ati: E. Begmatov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev (rahbar) N. To‘xliyev, E. Umarov, D. Xudoyberganova, A. Hojiyev, _ A. Madvaliyev tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti, "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, _ Toshkent sh.
Oʻzbek tilining etimologik lug‘ati I-jild: turkiy so‘zlar, _ 2000, _ Shavkat Rahmatullayev, _ O‘zbekiston respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, "Universitet" nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati: 27000 dan ortiq so‘z (2022), _ 2023, _ A.F. Madvaliyev, Y.R. Odilov, A.K. Saidnoʻmonov, _ N.M.Mahmudov tahriri ostida, _ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, «Kafolat print company» nashriyoti, _ Toshkent sh.
O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati, _ 2023, _ Mualliflar jamoasi: Nizomiddin Mahmudov, Durdona Lutfullayeva, Yorqinjon Odilov, Durdona Xudoyberganova, Ma’rufjon Yo‘ldoshev, Shuhrat Ko‘chimov, Dilrabo Andaniyazova, Feruza Musayeva, _ Nizomiddin MAHMUDOV tahriri ostida, _ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, _ Toshkent sh.
Девон : Mahmud Koshg‘ariy, Devonu lug‘otit turk. I - III tomlar. Indeks, Toshkent: 1960-1967.
ДТС : Древнетюркский словарь. Лгр.: 1969.
ИРАТЯ : Историческое развитие лексики тюркских языков. М.: 1962.
ИСГТЯ : Исследования по сравнительной грамматике тюркских языков. IV. Лексика. М.: 1961.
КРС : Юдахин К. К. Киргизско-русский словарь. М.: 1965.
ПДП : Малов С. Е. Памятники древнетюркской письменности. M. - Агр.: 1951.
РКС : Русско-казахский словарь. М.: 1954.
ССТТН : Будагов Л. З. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. I - II томлар. Санктпетербург: 1969- 1971.
ТРС : Магазаник Д.А. Турецко-русский словарь. М.: 1945.
ЭСТЯ : Севортян Э. В. Этимологический словарь тюркских языков. I - IV томлар. М.: 1974-1989.
ЎТИЛ : O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I - II tomlar. M.: 1981.
ЎХШЛ : O‘zbek xalq shevalari lug‘ati. Toshkent: 1971.
Savodxon: https://savodxon.uz/
Oʻzbek tilining xalqona izohli lug‘ati: https://izoh.uz/
Ziyo.uz kutubxonasi: https://n.ziyouz.com/